Bugun xodimlar uyiga ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram kanalida ma’lum qildi.

Ertaga 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqi bor.

Bu degani, kechki soat 6 gacha ishlaydiganlar bemalol 17:00 da ishini yakunlashi mumkin.