Bulung‘urda “sevishganlar”ni joylashtirgani uchun mehmonxona xodimi qamaldi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasining xabar berishicha, boshqaruvchi “mehmonlar”ning shaxsini tasdiqlovchi pasportlarini olib, ko‘zdan kechirgan. Er-xotin emasligini bilgach, “sekingina” suhbat qilgan. 

“Montya” va “Rusya” jinsiy aloqa qilish maqsadida kelgani va sharoit yaratib berishini so‘rab, pul taklif qiladi.

Temur 300 ming so‘m pul olib ularni xonaga joylashtirgan.

Shu mahal IIB xodimlari kirib kelib boshqaruvchini qo‘lga olgan.

Temur Bobojonovga nisbatan bir yilu ikki oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi qo‘llanildi.