Bulung‘urda yuz bergan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
- 25.09.2023 17:52
- 275
- Hodisa

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tumanda yuz bergan yong‘in to‘g‘risida xabar tarqalgandi. Bulung‘ur tuman hokimligi tomonidan holat yuzasdan rasmiy ma’lumot berildi.
“Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, bo‘limga tuman markazida joylashgan savdo nuqtalari hududida yong‘in bo‘layotgani haqida soat 15:36 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga maxsus texnikalar 15:40 da yetib borgan. Jarayonga jami 8 ta maxsus texnikalar jalb etilgan bo‘lib, yong‘in soat 15:45 da o‘rab olingan va 16:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in tadbirkor R.G‘aybullayev nomida bo‘lgan «Registon» nomli oshxonada kelib chiqqan bo‘lib, hodisa natijasida 15-20 m/kv. maydon zararlangan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qidiruvdagi «Captiva» topildi
- Kecha, 18:16
- Jamiyat
Jaholatga qarshi ma’rifat zarur
- Kecha, 17:33
- Jamiyat
Ta’lim sohasida qanday muammo va kamchiliklar bor?
- Kecha, 17:28
- Ta’lim
Orzulardan voz kechishga majburlash zulmdir
- Kecha, 17:18
- Jamiyat