Bulung‘urda 51 yoshli ayol o‘qishga kirish uchun hujjat topshiradi

Bulung‘ur tuman hokimligi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi qoshida tuzilgan ishchi guruhga tavsiyanoma olishni so‘rab 151 nafar xotin-qiz murojaat qildi.

Ularning 23 nafarini 18 yoshgacha, 115 nafarini 18-30 yoshgacha, 12 nafarini 30-40 yoshgacha, 1 nafarini 51-60 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar tashkil etadi.

Ushbu xotin-qizlar kam ta’minlangan, ota yoki onasi vafot etgan oilada tarbiyalanayotgan, 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, nogironligi bo‘lgan farzandi bor oila a’zolaridir.

Ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda batafsil o‘rganildi, belgilangan mezonlarga mos kelishi tahlil etildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 148 nafar xotin-qizlarning taqdim etilgan hujjatlari Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq deb topildi.

Mahbuba Qurbonova.

P.S. Saytimizni kuzatib boring!  Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun belgilangan 4 foizli imtiyozli tavsiyanoma bo‘yicha viloyat komissiyasining xulosasini taqdim etamiz.