Bulung‘urda 700 kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi

Viloyat IIB JXX jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, YPX xodimlari va davlat veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazdi.

Unda Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida “Labo” rusumli avtotransport vositasining yukxonasida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 700 kilogrammm go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.

Go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqliligini tekshirish maqsadida viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markaziga olib borildi. Tekshirilganda ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yo‘q qilinib, haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Abdulla Sherbekov,

viloyat IIB JXX jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimi.