Bulung‘urda yo‘lda mast holda yotgan 20 yoshli yigitning ustidan “Neksiya” bosib o‘tdi
- 12.09.2020 21:10
- 774
- Hodisa
Joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 5:30 larda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan 4M 503 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, oldinda, yo‘l qatnov qismining o‘rtasida mast holda, choponga o‘ranib yotgan piyoda, 2000 yilda tug‘ilgan A.E.ning ustidan bosib o‘tib, YTH sodir etgan.
Oqibatda 20 yoshli A.E. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.