Bulung‘urlik pensioner hunarmand uyda gul yasab yiliga 100 million so‘m daromad olmoqda
Bulung‘ur tumani Navbahor mahallasida yashovchi Gulsara Qudratova qo‘li gul hunarmand. U sovun, tasma, turli mato va qog‘ozlardan bir-biridan nafis gullar yasaydi.
- Pensiya yoshida bo‘lsam ham bekor o‘tirishni istamayman, - deydi hunarmand. – Bu ham sog‘lig‘imga foyda, ham ro‘zg‘or uchun qo‘shimcha daromad keltiryapti. Gul yasab sotib, oyiga kamida 5-6 million so‘m topyapman. Bayramlar arafasida daromadimiz ikki hissa ortadi. Sovun xamiridan gul tayyorlash uchun qoliplarni ham o‘zim yasayman.
Gulsara aya o‘z hunarini farzandlari va nabiralariga, qolaversa, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarga o‘rgatib kelmoqda.
- Bugunga qadar 200 dan ziyod shogirdlar tayyorladim, - deydi G.Qudratova. – Ularning 20 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar. Hozir shogirdlarim orasida o‘zi mustaqil gul yasab, do‘konlar tashkil etganlari ham bor.
E’zoza Meyliyeva,
Jasurbek Shukurov.