Bulung‘urlik qoidabuzarlarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
- 20.04.2020 22:46
- 296
- Jinoyat va jazo
Joriy yilning 16 aprel kuni soat 22:30 da Bulung‘ur tumani, Sayilgoh ko‘chasida karantin qoidalariga rioya etmasdan, niqobsiz yurgan fuqaro J.Sh.ga IIB xodimlari niqobsiz yurganligi yuzasidan holatga aniqlik kiritmoqchi bo‘lganlarida ularning qonuniy talablarini bajarmasdan qarshilik ko‘rsatgan.
Shuningdek, 17 aprel kuni soat 16:30 da yana bir fuqaro Q.A. Bulung‘ur tumani, Diyor o‘yingohida niqobsiz, jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, IIb xodimlarining qonuniy talabini bajarmaganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Bulung‘ur tumani ma’muriy sudi tomonidan huquqbuzar J.Sh.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka, huquqbuzar Q.A.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Sh.TO‘XTAYeV,
Bulung‘ur tumani ma’muriy sudi raisi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa