Buxoroda “Nexia” avtobus bilan to‘qnashdi, 3 kishi halok bo‘ldi
- 29.11.2019 11:45
- 112
- Hodisa

Buxoro viloyatida avtobus bilan to‘qnashgan “Nexia-2” avtomashinasi haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2019 yil 29 noyabr kuni taxminan soat 07:00 larda “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi Buxoro viloyati Jondor tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Qoraqalpog‘iston” A-380 yo‘lining 305 kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ushbu yo‘nalishda kelayotgan “Higer” rusumli avtobusning old qismi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchi hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, YTHning kelib chiqish sabablari va vafot etganlarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Holatning tafsilotlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- 05/04, 19:05
- Jamiyat
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 05/04, 15:37
- Mutolaa