Buyuk Britaniyada anomal jazirama saqlanib turibdi

Mamlakatda shu kunlarda termometr rekord harorat – 40 darajadan yuqorini ko‘rsatdi. Qayd etilishicha, Londondagi Xitrou aeroporti hududida 40,2 darajaga ko‘tarilgan. 

Yuqori haroratli issiq tufayli mamlakat poytaxti London shahri atrofidagi 40 ta uy yonib ketdi, deb xabar berdi Sky news telekanali. 

Kecha London o‘t o‘chiruvchilari uchun eng og‘ir kun bo‘ldi. Odatdagi kunlarda 350 ta qo‘ng‘iroq qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha kuni qariyb 3 mingga yaqin chaqiriq bo‘lgan.

Jazirama issiq davom etayotgan tufayli yangi yong‘inlar kelib chiqish xavfi hamon juda yuqori. Shuning uchun o‘t o‘chiruvchilar yong‘inlar tarqalish xavfi tufayli qishloq aholisiga evakuvatsiyaga tayyor turishni tavsiya etmoqda. 

Mamlakat hukumati anomal issiqdan jabrlanganlarning barchasiga yordam berishga va’da bermoqda. 

Shuningdek, britaniyada g‘ayritabiy issiq tufayli poyezdlar harakatida uzilishlar kuzatilmoqda, bir qancha temir va avtomobil yo‘llari yopilgan. 

Mamlakatda avvalgi harorat rekordi 38,7 daraja bo‘lib, u 2019 yilda qayd etilgan. 

Munisa Shamsiyeva tayyorladi.