Buyuk Britaniyada elektrokarni quvvatlantiruvchi moslamasiz yangi uy qurish taqiqlanadi

Kelgusi yildan Buyuk Britaniyada yangi turar-joy binolari uchun elektr transport vositalarini «zaryadlash» stansiyalari qurish majburiy bo‘ladi. Bu haqda Britaniya sanoat federatsiyasi forumida bosh vazir Boris Jonson ma’lum qildi.

Hukumat rahbarining so‘ziga ko‘ra, har yili mamlakatda elektromobillarni quvvatlantirish uchun 150 mingga yaqin shunday qurilma ishlab chiqarilishi kerak.

«Buyuk Britaniyada elektromobillar sotuvi hozirda yiliga 70 foizga yetmoqda va 2030 yilda biz uglevodorod yoqilg‘ida ishlaydigan yangi ichki yonuv dvigatellari sotuvini to‘xtatamiz. Bu borada biz Yevropaning boshqa davlatlaridan oldindamiz», deydi bosh vazir.

Qurilish va loyihalash qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, Jonson yashil sanoat inqilobi va mamlakatning yangi sharoitlarga moslashish, bunga sarmoya kiritish zarurligini bildirdi.

2050 yilga kelib, London uglerod neytralligiga erishish, ya’ni atmosferaga karbonad angidrid chiqindilarini imkon qadar kamaytirish majburiyatini oladi.