Buyuk odamlarning g‘alatiliklari shunchaki g‘ayrioddiylikmi yoki daholikning o‘ziga xosligimi?
Deyarli har bir buyuk shaxsning ikki qiyofasi bor: buyuk ijodkor va xurmacha qiliqlar “usta”si. AdMe.ru mashhur odamlar haqida ba’zi bir faktlarni topdi. Bu ma’lumotlar g‘alatilik daholarning sodiq hamrohi ekanligini isbotlab beradi.
Lev Tolstoy nafaqat hikoya va romanlar yozishni, balki boshqalar uchun g‘ayrioddiy bo‘lib tuyulgan oyoq kiyim tikishni ham yaxshi ko‘rgan. Graf uchun nihoyatda qora mashg‘ulot shunday emasmi? U o‘zi yasagan oyoq kiyimlarini do‘stlari va tanishlariga sovg‘a qilib ham turgan. Qolaversa, Tolstoy dala ishlari va qishga pichan tayyorlab qo‘yishni ham o‘ziga munosib mashg‘ulot deb bilgan.
Mashhur “Yog‘du” va “Burab qo‘yilgan apelsin” filmlari rejissyori Stenli Kubrik haddan tashqari hayvonlarga mehr qo‘ygan. Kunlarning birida u oynaga urilgan asalarini ko‘rib qoladi. Hech kim bu holatga e’tibor bermagan bo‘lardi, lekin faqat Stenli emas. U yarador hasharotni olib, veterinariya klinikasiga olib bordi.
Mashhur matematik va faylasuf Pifagor vegetarianizm asoschilaridan biri bo‘lsa-da, shu bilan birga dukkakli ekinlarni yomon ko‘rgan. Nafrati shunchalik kuchli bo‘lgan Pifagor o‘z izdoshlariga ularga hatto teginishni ham taqiqlab qo‘ydi. Afsonaga ko‘ra, u badxoh kishilar olomonidan qochishga majbur bo‘lganida oldidan loviya maydoni chiqqan... U o‘z qarashlariga qarshi chiqa olmasdan, bu maydonni kesib o‘tishdan bosh tortgan.
Kompozitor Lyudvig van Betxoven Napoleonning siyosatidan ilhomlanib uning sharafiga simfoniya yozgan, keyin esa undan hafsalasi pir bo‘lib, partituradan nomini o‘chirib tashlagan. Bundan tashqari, bastakor o‘ta tez jahli bilan ham ajralib turardi. Bir kuni tomosha zalida o‘z asarlarini ijro etayotib, ikki kishining pichirlayotganini payqab qolgan Betxoven asbob qopqog‘ini yopdi va: “Men bunday to‘ng‘izlar uchun o‘ynamayman!”, dedi. Mehmonlar qanchalik uzr so‘rashmasin, musiqachi spektaklga qaytib chiqmadi.
Fransuz qo‘mondoni Napoleon issiq hammomsiz bir kun ham yashay olmas edi, ba’zan bir kunda u bir necha marta vanna qabul qilgan. Hatto harbiy ekspeditsiyalarda u uchun ham maxsus vanna olib chiqilardi. Bundan tashqari, uning vazifalari vannadagi suv haroratini tartibga solish, sovutilgan suvga qaynoq suv quyib turish va Napoleonni yaxshi yuvinganiga ishonch hosil qilishdan iborat bo‘lgan maxsus xizmatkori ham bo‘lardi.
Yozuvchi Alber Kamyu “osmondan tushgan” ayollarga uylanishni afzal ko‘rgan. Birinchi xotini noqonuniy moddalarni iste’mol qilgan, ikkinchisi esa ruhiy kasalliklardan aziyat chekkan. Yozuvchining o‘zi ham parishonxotir bo‘lgan – bir kuni u yangi tug‘ilgan egizaklarini kasalxonaga qoldirib chiqib ketgan. Shaxsiy hayotidagi bunday boshboshdoqlikka qaramay, Alber adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi “oq tanli afrikalik” bo‘ldi.
B. Muhammadiyeva tayyorladi.