Buyuk sohibqiron yod etildi

Bugun buyuk sarkarda, jahongir Amir Temur tavallud topgan kun. Har yili bu sanada viloyat hokimligi va jamoatchilik vakillari sohibqiron va temuriylar mangu orom topgan maskanni ziyorat qilib, shahar markazidagi Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yar edi.

Bu yil, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish uchun karantin e’lon qilinganligi sababli, ushbu sanaga mo‘ljallangan tadbirlar tor doirada o‘tkazildi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov va bir guruh faollar Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi. Sohibqiron haqiga qur’on tilovat qilinib, qurbonlik amalga oshirildi. Yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga omonlik so‘raldi.