Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limining ish manzili o‘zgardi

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limi vaqtinchalik joylashgan bino shahar marshrutlaridan tashqarida joylashganligi, binoda yoshi ulug‘ va nogiron fuqarolar harakatlanishi uchun sharoitlar yo‘qligi bois keyingi vaqtlarda fuqarolar tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda.

Ushbu e’tiroz va murojaatlarni inobatga olib, Samarqand shahar hokimining 2019 yil 7 oktyabrdagi farmoyishiga asosan 2019 yil 4 noyabrdan boshlab, Pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limi shaharning Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi 85 “L" manzilida joylashgan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining sobiq litseyi binosida faoliyat yuritayotganini ma’lum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Murojaat uchun telefonlar: (66-233-19-15; 66-233-19-17; 66-233-19-18)

Mo‘ljal: TIF “Milliy bank’ning “Pegicton” filiali.