Camarqandda asossiz bo‘shatilgan hisobchi ishga tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 5 iyundagi da’vogar Q.X.ni javobgar Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga nisbatan ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Bu haqda Byuroning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Dilshodbek Abdug‘aniyev ma’lum qildi.

- Ijro hujjatida muassasa mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da’vogar Q.X.ni darhol ishga tiklash majburiyati yuklatilgan, - deydi D.Abdug‘aniyev. - Shuningdek, muassasa mansabdor shaxslari ijro hujjatining talabini bajarmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi bo‘yicha ogohlantirilgan.

Shundan keyin, da’vogar muassasaning ishga tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan Payariq tumani tibbiyot birlashmasiga hisobchi lavozimiga ishga tiklangan.

Shu tariqa, sud qarori ijrosi ijro etilib, xodimning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.