Sezar, Olive, Napoleon...

Mashhur odamlar sharafiga atalgan taomlar. Ular qanday yaratilgan?

Mashhur kishilar nomi bilan atalgan mazali taomlar ko‘p. Aytish mumkinki, bu taomlar ularni mashhur qildi.

Olive salati

Ehtimol, dasturxonimizdagi eng mashhur taom Olivye salatidir. Olive Lyusen (fransuzchaLucien Olivier) fransiyalik oshpazning ismi bo‘lib, o‘zining bu salatini u birinchi marta 1860 yilda Moskvadagi restoran ochilishida ommaga taqdim etgan. Dastlab, salat resyepti sir saqlanib kelingan va o‘nlab yillar o‘tgach, keng ommaga ma’lum bo‘ldi va yaratuvchisi sharafiga o‘z nomini berib, uni dunyoga mashhur qildi.

«Sezar» salati

Syezar salatining tarixi 1924 yilda italiyalik muhojir Syezar Kardini Meksikaning Tixuana shahrida restoran ochgan paytdan boshlandi. U AQShdan Meksikaga kelgan amerikalik sayyohlarni jalb qilish uchun uni yaratdi. O‘shanda salat shu qadar mashhur bo‘lgan ediki, Kardini keyinchalik o‘zining Beverli-Xillzdagi restoranining asosiy taomnomasiga kiritdi va u yerda ham katta muvaffaqiyat bilan kutib olindi.

Kardini qanday qilib salat resyeptini o‘ylabchiqqani haqida bir nechta taxminlar mavjud. Ularning biri muallif restoranga kelib biror bir yangi taomni tatimoqchi bo‘lgan bir guruh Gollivud yulduzlari uchun muzlatkichidagi bor narsani, jumladan, salat barglari, yog‘, limon sharbati, tuz, qalampir, sarimsoq, maydalangan pishloq va qotirilgan nondan foydalanib, yaratgani haqida gapiriladi.

Margarita” pitssasi

Italiyalik oshpaz Raffaele Espozito yupqa xamir, pomidor sousi, mossarella pishlog‘i va yalpizdan iborat pitssa yaratdi. Aytish kerakki, bu mahsulotlar barchasining qizil, oq va yashilranglari Italiya bayrog‘ini ifodalaydi.

O‘z navbatida, 1878 yildan 1900 yilgacha Italiya malikasi va Italiya qirolichasi bo‘lgan Qirolicha Margarita bu taomni juda yaxshi ko‘rar edi. Shu sababli pissa uning nomini oldi. O‘shandan beri Margarita pissasi dunyodagi eng mashhur italyan taomiga aylandi.

Napoleon” torti

Ushbu tortning tarixi 1812 yilda, Fransiya va Rossiya urushayotgan va ikki davlat qurolli kuchlari shiddatli janglarda qatnashgan paytda boshlangan. Bu davrda imperator Napoleon Bonapart rus oshxonasi, xususan, shirinliklari va pishiriqlarbilan qiziqib qoldi.

Napoleon” tortini yaratish g‘oyasi rossiyalik qandolatchi va oshpaz Andrey Maryanovichga kelgan deb ishoniladi. U fransuz va rus oshxonasini birlashtirib, yangi tort yaratishga qaror qildi. Shu tarzda yupqa qatlamlarida shakar kukuni, sariyog‘ va quyultirilgan sutdan tayyorlangan krem yoyilgan Napoleon torti dunyo yuzini ko‘rdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik tuhfasi sifatida tortiq qilingan Napoleon hozirgi kungacha bayram tadbirlari va gastronomik ekzotika ramzi bo‘lib kelmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.