Chelak hududida ag‘darilib ketgan yuk mashinasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
- 28.04.2021 14:14
- 382
- Hodisa
"Samarqand - Payariq" avtomobil yo‘lining Chelak shahri hududidagi yaqin joyda "Zil" avtomashinasi ag‘darilib ketgani haqida xabar bergan edik.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 28 aprel kuni soat 07:45 larda Payariq tumani Tamoyrot mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining “Samarqand-Chelak” yo‘nalishidan harakatlanayotgan haydovchi S.E. boshqaruvidagi “ZIL-MMZ-45021” rusumli avtomashina rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida ag‘darilgan.
Avtomashina ag‘darilishi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Haydovchi S.Eshmatov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va hushyor holatdaligi aniqlangan.
Mazkur holat Payariq tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand