Chelak shahrida karantin qoidalarini buzgan tadbirkor katta miqdorda jarimaga tortildi

Joriy yilning 30 iyul kuni Chelak shahar, G‘oyib ota mahallasi, Katta tepa ko‘chasi 8-uyda joylashgan "Shirin dunyo bulog‘i" xususiy firmasiga qarashli "Sher" mini marketi rahbari Sh.B. (28.03.1976) karantin qoidalarini buzganligi uchun 30 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Bu haqda Payariq tuman hokimligi bu kabi qoidabuzarlik takror sodir etilsa, yanada kattaroq jarima qo‘llanilishini eslatib, xushyorlikka chaqirgan.

Shuningdek, bugun, 3 avgust kunidan kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari davom etishi ma’lum qilingan.