Chernogoriya Xitoyning qarz qopqonida
Chernogoriya o‘z hududining bir qismidan mahrum bo‘lishi mumkin
Hammasi yetti yil avval boshlangandi. Chernogoriya daryo daralari orqali avtoyo‘l qurishga qaror qildi. Ammo Yevropa Ittifoqi loyihani katta tavakkalchilikka asoslangani uchun quvvatlamadi. Yordamga Xitoy yetib keldi, 1 milliard dollar qarz taklif qildi.
Hozircha Belgradgacha 270 mil uzunlikdagi tezkor shossening hatto birinchi seksiyasi qurilishi ham tugallangani yo‘q. Ammo mamlakatning ushbu qarzini to‘lay olmasligi kunday ravshan bo‘lib qoldi. Negaki, qarz mamlakat ichki, yalpi mahsulotining yillik miqdoridan ikki baravar ko‘pdir.
OAVlarga kontrakt oshkor bo‘lib qoldi. Unga ko‘ra, agar Chernogoriya qarzni muddatida to‘lamasa, XXR uning harbiy va diplomatik ob’yektlari bo‘lmagan hududining bir qismini egallash huquqiga ega bo‘ladi. Aniq aytiladigan bo‘lsa, Xitoy amalda YeIga kirishga nomzod Chernogoriyaning bir necha kurortlari va NATOga a’zo davlatlar port zonalarini qo‘lga kiritadi. Yevropa uchun majoroli vaziyat paydo bo‘ldi.
XXR oldindan hammasini puxta o‘ylab Chernogoriya uchun ustalik bilan qarz qopqoni qo‘ygan edi. Pekin bosimi bilan oldingi hukumat hatto Xitoy arbitraj sudiga kontrakt bo‘yicha har qanday bahsda oxirgi so‘zni XXR aytish huquqiga ega ekanligin bildirdi.
G‘arbiy Bolqon Yevropaning o‘ng biqinida muhim strategik o‘rinni egallaydi. U orqali Xitoy markaziy Yevropaga kirishni mo‘ljallamoqda.
Xuddi shunday vaziyat Keniyada ham sodir bo‘ldi. Mamlakat 9 milliard qarzini to‘lay olmayapti. Xitoy esa uning o‘rniga yirik Membas portiga da’vogarlik qilmoqda. Xitoy shu tariqa Afrika va Osiyoning bir necha kambag‘al davlatlarini ham qarz qopqoniga tushirdi. U yerda infrastruktura loyihalari bilan shug‘ullanib Shri-Lanka, Jibuti, Mo‘g‘uliston kabi davlatlarning poyiga tiz cho‘ktirdi, navbat - Yevropaga!
T.Shomurodov tayyorladi.