Chernogoriyada mantiqiy izohlab bo‘lmaydigan noyob tabiat mo‘’jizasi bor

Chernogoriyaning Dinosha nomli qishlog‘ida noyob bir tabiat hodisasi kuzatilib kelinadi. Bu qishloqda dengiz va boshqa qiziqarli joylarni topib bo‘lmasligi sababli u unchalik mashhur emas. Shunga qaramay, qishloqda har qanday tajribali sayyohni hayratda qoldiradigan bitta tabiiy hodisa mavjud va u asosan kuchli yomg‘irdan so‘ng sodir bo‘ladi.

"Tabiiy favvora"

Dinoshaning janubida g‘alati va ajoyib daraxt bor. Yoshi yuz yildan oshgan bu daraxt ko‘rinishidan qari tutga o‘xshaydi. Qishloq aholisi daraxtni "Tabiiy favvora", deb ataydi. Darhaqiqat, garchi buni faqat kuchli yomg‘irdan keyin ko‘rish mumkin bo‘lsa-da, u chindan ham oddiy favvoraga o‘xshaydi.

Keyingi 25 yil davomida kuchli yomg‘irdan keyin bu daraxt tanasidan kuchli oqim bilan suv sizib chiqadi. Bularning barchasi 1,5 metr balandlikda sodir bo‘lishi aniqlangan.

Ba’zilar daraxt ichiga qandaydir quvur naychasi o‘rnatilib qo‘yilgani natijasida undan suv chiqadi, deb aytadi. Biroq daraxt ichida hech qanday quvur yo‘q va u uni o‘rnatish kimga va nima uchun kerak bo‘lgan ekan?

Aslida yomg‘irdan keyin suv yer osti chashmalarini to‘ldiradi va u yerdagi hosil bo‘lgan bosim tufayli suv butun o‘rtasi chirigan daraxt tanasi bo‘ylab ko‘tariladi va tabiiy favvoraga o‘xshab otilib chiqadi.

"Bunday tabiat hodisalarini kuzatish juda qiziq, bu daraxt to‘g‘risida hech qanday afsona yo‘q, bu shunchaki tabiatning o‘ziga xos xususiyatlari", deydi mahalliy fuqaro Emir Hakramay.  

Ehtimol bu hodisa unchalik noyob emasdir.

Jodugar qudug‘i

Bu quduq Estoniyaning Tuhala qishlog‘ida joylashgan. Quruq ob-havoda u hech kimning e’tiborini tortmay, tinchgina turadi, biroq yomg‘ir yog‘ishi bilanoq, quduq o‘zidan bir necha kun davom etadigan suv oqimlarini otib chiqara boshlaydi.

Olimlar bu g‘ayrioddiy hodisaning mohiyatini aniqlashdi. Gap shundaki, quduq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti daryosi ustida joylashgan. Yomg‘ir yoqqanda yuzaga kelgan kuchli bosim suvni favqulodda tashqari tomon kuch bilan itarib yuboradi.

Mahalliy aholi esa bu to‘g‘rida yomg‘ir paytida yer ostida yashaydigan jodugarlar bir-birlarini supurgi bilan bug‘lashlari sabab suvlar tepaga ko‘tarilib, bu favvora paydo bo‘lishiga amin.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.