Chet eldagi O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokida brifing onlayn o‘tkazilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan. Ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan. Vaziyat elchixonamizning doimiy nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 65 nafar insonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.