Chet mamlakatlar davlat arboblari e’tirofi
Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlashda O‘zbekiston rahbari katta o‘rin tutganini alohida ta’kidlash kerak.
O‘zbekiston Birinchi Prezidentining ShHT rivojiga qo‘shgan hissasi yuqori bahoga sazovordir. Uning siyosatchi sifatida uzoqni ko‘ra bilishi va diplomatik mahorati O‘zbekistonning 2015-2016 yillari ShHTdagi raisligi davrida hamda tashkilotning Toshkent sammiti yuqori saviyada o‘tkazilganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Rashid ALIMOV,
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
Bosh kotibi.
***
YuNESKO O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Prezident Islom Karimovning ko‘p yillik sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. Bu buyuk insonning tashabbusi bilan ijtimoiy jabha, shu jumladan, ta’lim tizimini rivojlantirish, O‘zbekistonning boy madaniy merosini dunyoga keng tarannum etish borasida muvaffaqiyatlarga erishilgani e’tiborga sazovordir.
Erik FOLT,
YuNESKO Bosh direktori o‘rinbosari.
***
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yetakchi davlat bo‘lib shakllanishida Islom Karimovning xizmatlari beqiyosdir. Mamlakat boy madaniy merosga ega, o‘zining demokratik institutlarini rivojlantirmoqda. Mustaqillikning 25 yili davomida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda ulkan taraqqiyotga erishildi. O‘zbekistonning aynan o‘zi Prezident Islom Karimovga qo‘yilgan haykaldir.
Frederik PONSONBI,
Britaniya-O‘zbekiston jamiyati
prezidenti.
***
Islom Karimov 1991 yili ko‘plab muammolar girdobida qolgan O‘zbekistonni qabul qilib olib, o‘zidan izchil rivojlanayotgan, tinch va barqaror davlatni qoldirib ketdi... Qiyinchiliklarni yengib o‘tish va muammolarni hal etishda shaxsiy tajribasi va bilimi, o‘tkir zakovati, vazminlik bilan ish tutishi, mardligi va mushkul holatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyati qo‘l keldi.
Zurab TODUA,
xalqaro ekspert.