Chimkentda qurilayotgan bino quladi, 6 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida qurilayotgan bino qulashi oqibatida olti nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston IIV FVQ matbuot xizmatiga asosan.

Hodisa 21 noyabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da sodir bo‘ldi.

Shahar tumanlaridan birida umumiy maydoni 1 500 kvadrat metr bo‘lgan binoning devori va tomi qulab tushdi.

Hodisa joyiga kelgan “tez tibbiy yordam” vayronalar ostidan jarohatlangan ishchilarni olib chiqdi.