Mudhish YTHda 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 16 yanvar kuni “Nijniy Novgorod – Arzamas – Saransk – Issa – Penza – Saratov” trassasida, Saratov viloyati hududida ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan, 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hamyurtlarimizdan 2 nafari vafot etdi, 3 nafari esa Saratov shahridagi viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xabar berdi.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.