Chiqindini nima qilasiz?
Bugun ko‘pchilikni aynan shu savol o‘ylantirmoqda. O‘sha «chet»ga yoki «belgilangan joy»ga chiqarilgan chiqindilar to‘planib-to‘planib nima bo‘layapti? Ariqlar, kanal, daryolar yoqalaridagi chiqindilar-chi?
Chiqindiga chiqarilgan qog‘oz, yelim paket, maishiy va sanoat chiqindilarini qachon va qanday qayta ishlaymiz?
Kishilarda chiqindini turi bo‘yicha saralash madaniyatini shakllantirish uchun nima qilish kerak?
Chiіindini qayta ishlash uchun bizda zamonaviy texnologiyalar bormi?
Bu masala yechimida qaysi davlatlar tajribasi bizga qo‘l keladi?
Shu kabi savollar bo‘yicha fikr-mulohaza, taklif, tavsiyangiz bo‘lsa, bayon eting. Saytimiz va gazetalarimiz sahifalarida ularni yoritib, mutaxassislarni bahs-munozaraga chorlaymiz.