Cho‘milish havzasida behayo raqslar uyushtirgan shaxslarga chora ko‘riladi
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2023 yil 16 iyun kuni Samarqand tumani "Yangiariq" mahallasida joylashgan "Vavilon" cho‘milish havzasining ochilish marosimida Samarqand tuman "Kulba" mahallasida yashovchi fuqaro D.Nasimov ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidasini qo‘pol ravishda buzib, 2000 ga yaqin fuqarolar ishtirokida ommaviy tadbir uyushtirgan.
Tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalang‘och holatdagi behayo o‘yinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilinmaganligi aniqlangan.
Holat yuzasidani tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Samarqand tuman sudiga yuborilgan.