Cho‘ponotada turistik ko‘ngilochar majmua tashkil etiladi

Prezidentimizning shu yil 11 yanvar kuni viloyatimizga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bayoniga ko‘ra, Navoiy shohko‘chasi va Lohutiy ko‘chasi hamda Narpay ko‘chasining Kimyogarlar shaharchasigacha bo‘lgan qismidagi yo‘lning ikki tomonida 7-9 qavatli turarjoy binolari quriladi.

Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 85-B uy (sobiq «Turist» mehmonxonasi)ga tutash (0,5 gektar) maydonda Fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha viloyat sudining binosi bunyod etiladi.

   Cho‘ponota massivida joylashgan sobiq «G‘or» restorani orqa tomonidagi 72 gektar maydonda turistik ko‘ngilochar majmua tashkil etiladi.