Choyxonadagi janjalda fuqaro uch kishini o‘q otar qurol bilan jarohatladi
- 06.02.2020 15:16
- 270
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura matbuot xizmati o‘q otar qurol qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyat yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 6 fevral kuni soat 00.10 larda Qo‘qon shahar, General Uzoqov ko‘chasida joylashgan choyxonada fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjallashgan.
Janjal davomida J.J. choyxonaga kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘q otar qurol (ov miltig‘i)dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi "a, p" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- 6 daqiqa avval
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- 22 daqiqa avval
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- 46 daqiqa avval
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- 54 daqiqa avval
- Dolzarb