Chumolilar tovlamachining boshiga yetdi

Tadbirkor Van Chje-Dun Xitoy tarixida eng muvaffaqiyatli moliya piramidasini yaratdi. Faqat u aksiyalarni emas, Xitoy tabobatida foydalaniladigan chumolilarni sotdi.

2003 yilda Van korxona ochib, noyob chumolilarni xarid qilish va ularni ko‘paytirish bilan shug‘ullanishni taklif qildi. Biznesga kirish uncha qimmat emas edi, bir quti chumoli 10 ming yuan turardi. Keyin firma hasharotlarni bir yilda 10 marotaba 500 yuan – 52 dollardan qayta sotib olib turdi. Daromad xarajatdan 10 marta ko‘p bo‘ldi. Ushbu qarmoqqa 36 ming kishi ilindi. Ular kompaniyaga 417 million dollardan ko‘proqqa chumoli yetkazib berishdi. Ko‘proq sherik orttirish uchun Van hasharot narxini oshirdi. Ammo yangi investorlar oqimi to‘xtagan zahoti uning biznesi kasodga uchradi, to‘lov to‘xtadi, aldangan xitoyliklar kompaniya idorasini o‘rab olishdi... va tadbirkor qamoqqa olindi.

O‘z piramidasi gullab yashnagan davrda Van Chje-Dun Lyaonin provinsiyasida ibratli biznesmenlardan biri edi. Uni o‘shandagi partiya rahbari Li Kesyan davrasidagi amaldorlar orasida tez-tez ko‘rish mumkin edi. Li Kesyan mavqeini saqlab qolish uchun qat’iy harakat qildi. Bu qamoqqa olingan Van ustidan shafqatsiz hukm chiqarilishida e’tiborsiz qolmadi. Van Chje-Dun otishga hukm qilindi va 2008 yil noyabr oxirida qatl etildi. Li Kesyan esa 2013 yilda Xitoy hukumati boshlig‘i bo‘ldi va o‘sha lavozimda hozir ham ishlamoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.