“COVID-19” tufayli Qirg‘iziston poytaxtida Navro‘zni nishonlash bekor qilindi
Qirg‘iziston poytaxtida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Navro‘z bayramini nishonlash bekor qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti agentligiga Bishkek meriyasi matbuot xizmati.
"Yevropa mamlakatlarida koronavirus infeksiyasining yangi shtamm (Britaniya, Janubiy Afrika)larini aniqlanishi va beqaror epidemiologik vaziyat, shuningdek, qo‘shni mamlakatlarda karantin choralarini kuchaytirish faktlarini hisobga olgan holda, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida shahar meriyasi huzuridagi favqulodda epidemiya va epizootik (hayvonlar orasida infeksion kasalliklar tarqalishi) komissiyasi Bishkek hududida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishdan bosh tortishga qaror qildi", dedi matbuot xizmati vakili.
Qirg‘izistonda koronavirusning ilk holatlari 2020 yil mart oyida aniqlangan edi. Bugungi kunga kelib ro‘yxatdan o‘tgan “COVID-19” kasalligi umumiy soni 87 mingdan oshdi. Deyarli 1,5 ming kishi kasallikdan vafot yetdi.