COVID-19ning Janubiy Koreyadagi o‘ta yuqumli shtammi haqida ma’lum qilindi

Yaqin orada Janubiy Koreyada tarqalgan COVID-19 koronavirusning oldingi turlari bilan solishtirganda o‘ta tez tarqaluvchi va yuqumli bo‘lgan GH nomli shtamm sababli yuzaga kelgan. Bu haqda kasallikning oldini olish va nazorat qilish Koreya markazlari tashkilota (KCDC) ma’lum qildi.

KCDC koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 526 bemor tahlilini tekshiruvdan o‘tkazdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bemorlarning 333 nafarida GH shtammi aniqlandi.

Aprel-may oylaridan buyon Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanayotgan bemorlarning aksariyat qismida G va uning turdoshi bo‘lgan GR va GH shtammlari bilan kasallanmoqda.

GH shtammi S shtammining mutatsiyaga uchragan turi bo‘lib, u koronavirusning qolgan shtammlaridan olti barobar yuqumliroq hisoblanadi.

“U hujayralarda S shtammidan tezroq ko‘payadi va inson hujayralariga tez moslasha oladi. Bu o‘z navbatida, yuqori yuquvchanlikni ta’minlaydi”, dedi KCDC rahbari Chon In.