Ctol - ikki Koreya "chegara"sini belgilaydi
Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasida eni 4 kilometr qurol-yarog‘siz hudud tashkil etilgan. Uning uchastkalaridan birida konferens-zal joylashgan. Davlatlar o‘rtasidagi barcha delegatsiyalar rasmiy uchrashuvi shu zalda tashkil etiladi.
Tomonlar muzokaralarni chegara o‘rtasida qo‘yilgan stol atrofida o‘tkazishadi. Stol chegara ustiga shunday qo‘yilganki, tomonlardan birortasi qo‘shni davlat hududiga oyoq bosmaydi.
***
To‘p-granatami?
Ikkinchi jahon urushi oxirida AQShda "T13 Beano" granata ishlab chiqarildi. U shakli, og‘irligi va hajmi bo‘yicha aynan oddiy beysbol to‘piga o‘xshardi.
Barcha amerikalik askarlar bolaligida beysbol o‘ynagan. Shu bois ular granatani maxsus mashqlarsiz bemalol uloqtiradi, deb o‘ylangan.
***
Futbolda kartochka?
1960 yillar o‘rtalariga qadar futbol hakamlari ogohlantirishlarni yon daftarga qayd qilib borishardi. Bu o‘yinchilarda tilni tushunmaslik oqibatida turli noroziliklarni keltirib chiqarardi. Jazolash tizimi ko‘rgazmalikni talab qilardi.
Bir kuni jahon chempionati hakamlar korpusi boshlig‘i Kena Aston svetoforda to‘xtab turardi. Unda g‘oya tug‘ildi. Shunday qilib 1966 yilda qizil va sariq kartochka paydo bo‘ldi, 2016 yilda yashil kartochka ham yaratildi.
***
Mushukdan qo‘rqinchli hayvon yo‘q?
Astraliyaning Noks shahri hokimiyati o‘y mushuklarini qushlar, boshqa sudralib yuruvchi jonivorlarni ko‘chaga chiqib ovlashini ta’qiqlab qo‘ydi.
Ularni egalari mushuklarni ko‘zdan qochirmasliklari kerak. Agar arzanda mushuklari xonadon hududini tark etsa, egalari 500 dollar jarima to‘laydi. Bunday «komendantlik soati» sutka davomida amal qiladi.
T.Shomurodov tayyorladi.