Daraxt ustidagi qishloq

Amerikaning eng tog‘li va o‘rmonli shtatlaridan biri bo‘lgan Oregonada haqiqatan ham ajoyib aholi punkti mavjud. Daraxt tepalariga osma ko‘prikchalar, arqonli narvonlar va yopiq yog‘och yo‘laklar bilan bog‘langan to‘qqizta ixcham uyo‘rnatilgan.



Harbiy shifokor Maykl Garne iste’foga chiqqach, quruvchi sifatida qaytadan tahsil oldi. U butun bir daraxt qishlog‘ini qurishga kirishdi va bu makonni ekologik toza turmush tarzini sevuvchilar uchun mos, tabiat bilan uyg‘unlikda yashamoqchi bo‘lgan odamlar uchun ideal joy, deya e’lon qildi. 

«Out and About Treehouse Treesort» daraxt uylarikurorti dastlab 1990 yilda ish boshladi. Dam oluvchilar o‘zlari yoqtirgan har qanday kulbani ijaraga olib, u yerda xohlagancha yashab qolishlari mumkin. O‘shandan beri garchi uning egasi muntazam ravishda kichik ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borsa-da, bazada barcha narsa o‘zgarishsiz qoldi.



Maykl Garne yashaydigan asosiy uy yettita daraxt tanasiga suyanadi. 167 kvadrat metrdan iborat uch qavatli kottej dunyodagi eng keng daraxt uyi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.


Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.