Daraxtlar bir oiladek bir-birini yaxshi ko‘rishi, quchoqlashishi va hatto g‘amxo‘rlik qilishga qodir

Nemis tadqiqotchisi Peter Volleben nafaqat daraxtlarni yaxshi ko‘radi, u butun hayotini bu ajoyib organizmlarni o‘rganishga bag‘ishladi.

Daraxtshunos olim Britaniya Kolumbiya universiteti ekologi Syuzan Simard bilan hamkorlikda “Idrokli daraxtlar” hujjatli filmini suratga olgan.

Volleben o‘zining tadqiqotlaridan birida shunday yozadi:

-Daraxtlar og‘riqni his qilishi va qo‘rquv kabi his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi mumkin. Ular bir-biriga yaqin turishni, muloqot qilishni yaxshi ko‘radi va shoshma-shosharlikni yoqtirmaydi.

Bu hali hammasi emas!

- Daraxtlar juda inoq. Ular biri kishi boshqasiga g‘amxo‘rlik qiladigan keksa er-xotin kabi rishtalarni hosil qiladi. Ularda his-tuyg‘u bor, qo‘shadi, Volleben.

Daraxtlarda nafaqat idrok bor, ularda hatto yurak urishiga o‘xshagan pulsga ham bor.

Daniya Orxus universiteti professori Andras Zilinskiy 22 turdagi daraxt va butalar shoxlari va barglarining aniq holatini o‘lchash uchun lazerli skanerdan foydalandi. 2015 yilda u o‘z kuzatuvlari va kutilmagan xulosalarini e’lon qildi.

Zilinskiy yozadi:

- Biz 2 soatdan 6 soatgacha davom etgan ilgari aniqlanmangan davriy harakatni aniqladik. Ko‘rinishidan, bu harakat o‘simliklardagi suv bosimiga bog‘liq, ya’ni daraxt suvni nasos kabi pompalaydi, keraklisini o‘ziga oladi, ortib qolganini esa boshqalarga tarqatadi.

Kechasi ba’zi daraxtlar o‘z shoxlarini 10 santimetrgacha quyi tushiradi va quyosh chiqishi bilan ularni yana ko‘taradi. Bu jarayon shunchalik nozikki, yaqin vaqtgacha buni faqat alohida daraxt oilalar qiladi deb ishonilgan. Endi biz bu juda keng tarqalgan xatti-harakat ekanligini bilamiz.

Xususan, magnoliya tunda suv ta’minoti aylanishiga qarab shox ko‘tarilishining uchta to‘liq siklidan o‘tadi, ta’kidlaydi professor.