Daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib olgan fuqaroga chora ko‘rildi
- 08.02.2023 21:02
- 97
- Hodisa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri Mirsaid Baraka ko‘chasida yangidan qurilayotgan bino ro‘parasidagi daraxtlar kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat ekologiya boshqarmasi va boshqarmaning Samarqand shahar bo‘limi mas’ullari holatni o‘rganib, murojaatda ko‘rsatilgan hududda haqiqatan ham Eldor qarag‘ayi daraxtlari tomir qismi bilan olib ketilganini aniqlagan.
Holat yuzasidan huquqbuzar H.G.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79- moddasi 1-qismiga muvofiq, 1,5 mln. so‘m jarima qo‘llanilgan. O‘simlik dunyosiga 21,6 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisoblangan.
Shuningdek, har bir kesilgan daraxtlar uchun huquqbuzar tomonidan bahor mavsumida qimmatbaho navli manzarali daraxtlar ekib berishi belgilangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa