Daryo, kanal, umuman, suv havzalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 360 mingdan ko‘proq odam suv havzalarida cho‘kib halok bo‘ladi.

Samarqand viloyatida 2020 yil va joriy yilning shu davrida 12 nafar fuqaro turli sabablarga ko‘ra (ehtiyotsizlik, cho‘milish, texnikada tushib ketish) suvda cho‘kib ketgan.

Bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, Milliy gvardiya, xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi, Zarafshon suv havza boshqarmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, “Ovchilar va baliqchilar” uyushmasi bilan hamkorlikda "Suv havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari" mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda o‘tgan davrda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning sabab va oqibatlari haqida to‘xtalib, tegishli xizmatlarning bu boradagi profilaktik ishlari tanqid qilindi.

Shuningdek, joriy yilda amalga oshiriladigan zarur vazifalar belgilab olindi.