Davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarga yengillik yaratildi
- 27.01.2023 16:43
- 219
- Iqtisodiyot
Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.
Bunda Davlat pensiyalarini tayinlash "Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etilishini hisobga olib, Siz tomoningizdan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish lozim bo‘ladi.
Qayd etilishicha, ma’lumotlaringizni raqamlashtirilganlik holatini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda tekshirishingiz mumkin.
Agar ma’lumotlaringiz to‘liq yoki qisman raqamlashtirilmagan bo‘lsa, mazkur ma’lumotlaringizni raqamlashtirishingiz maqsadga muvofiq.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa