Dengiz maxluqi: Afsonami yoki haqiqat?

Yuz yillar davomida dahshatli dengiz maxluqi mavjudligi haqida mish-mishlar tarqalgan, rivoyatlar to‘qilgan. Bu yovuz maxluq fantastik filmlar, kitoblar qahramoniga aylangan. Uning mavjudligiga bugun ham shubha qilmaydiganlar bor. Xo‘sh, u qanday maxluq?

Uzoq vaqt tadqiqotchilar bu maxluq haqidagi mish-mish va afsonalarga javob topishga urinishgan. Nihoyat 2008 yilda olimlar bu qadim rivoyatga javob topganday bo‘lishdi. Peru qirg‘oqlarida qadimda – 20 million yil avval yashagan ulkan dengiz jonivorining qoldiqlari topildi. Hozirgi kashalot-kitlarga o‘xshash bu bahaybat maxluq o‘zining kattaligi bilan olimlarni hayratga soldi. Uning uzunligi 15 metrdan ziyod, og‘irligi 50 tonna bo‘lgan, yanada hayratlisi, jag‘dagi tishlari 35 sm. bo‘lgan. Shunga qaramay u shunchalik chuqur sho‘ng‘iganki, hozirgi birorta suv jonivori buning uddasidan chiqa olmaydi.

Qazib olingan maxluq «Mebi Dik» romanini yozgan amerikalik yozuvchi Levilfan Melvill nomini oldi. Rivoyatlarga qaraganda, ulkan Levilfanni qidirib topish uchun «Nautilus» qadim suv osti kemasi uning iziga tushgan. Biroq uni topolmagan. Aytishlaricha, ushbu suvosti kemasi ekipaji hozirgacha maxluqni qidirib dengiz chuqurliklarida daydib yuribdi.

T.Shomurodov tayyorladi.