Diyetolog ozish uchun eng foydali kechki tamaddi haqida tavsiya berdi

Sechenovdagi xususiy tibbiyot institutining sog‘lomlashtirish klinikasi vrach-diyetologi Natalya Pugacheva ozishni istayotganlar uchun eng yaxshi tungi va kechki tamaddini aytib o‘tdi. Uning tavsiyalarini "Moskva" agentligi keltirdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ozishni istagan odamlar soat 18:00 dan keyin o‘zlarini ovqatdan cheklashi shart emas. "Bir hovuch bodom yoki pista (taxminan 30 gramm), bir stakan kefir yoki bir stakan tabiiy yogurt, kivi (ikki-uchta), bir hovuch oshqovoq urug‘i sizni kechki ochlik muammosidan xalos qilishi mumkin", deb ta’kidladi Pugacheva.

Bundan tashqari, tavsiya etilgan kechki tamaddi ro‘yxatiga olma, qulupnay, qaynatilgan tuxum, qaynatilgan tovuq go‘shti, boshoqli o‘simliklar (grechka, so‘li va arpa yormalari kabi)dan tayyorlangan bo‘tqa, yog‘siz sutda reza meva yoki nok, olma tayyorlangan kokteyl ham kiradi. "Bir chashka issiq o‘simlik choyi kechki tanovulni mukammal ravishda to‘ldiradi", deya qo‘shimcha qildi diyetolog. U oxirgi ovqatlanish yotishdan bir yarim soat oldindan kam bo‘lmasligini ta’kidladi. Aytish joizki, ideal kechki tamaddi 200 kkal.dan oshmagani ma’qul.

Pugacheva yotishdan oldin achchiq, yog‘li va sho‘r ovqatlar, shuningdek, tarkibida alkogol, kofein va shakar bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni tavsiya etmaydi. Bu chegaradan chiqib, me’yordan ziyod ovqatlanishga asos bo‘ladi, deb tushuntirdi shifokor.

Avvalroq tibbiyot fanlari doktori, Samara diyetologiya va diyetoterapiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Mixail Ginzburg tunda qaddi-qomatga zarar yetkazmasdan yeyish mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida gapirgan edi. Ro‘yxatda sabzi, bodring, olma, parranda go‘shti, qaynatilgan tuxum, baliq va bug‘doy kepagi (otrubi) bor.

G.XOLDOROVA tayyorladi.