Dollar kursi keskin oshdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 4 iyun kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27 so‘m 66 tiyinga qimmatlashib, 8 513 so‘m 57 tiyinga yetgan.

Yevro kursi 1,18 tiyinga oshib, 9 507 so‘m 10 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 so‘m 11 tiyinga pastlab, 130 so‘m 41tiyin, 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 33 so‘m  80 tiyinga arzonlashib, 10 753 so‘m 49 tiyinni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.