Dolzarb 30 kun: Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvlarda 10 mingdan ziyod kamchiliklar aniqlangan
Bu haqda yong‘in xavfsizligini ta’mnilash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qilindi.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida, 10 iyuldan 10 avgustgacha respublika hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”ni o‘tkazilishi belgilangan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Umid Ahrorovga ko‘ra, tekshiruvlar davomida 10 ming 282 ta kamchiliklar aniqlanib, ularning 9 ming 484 tasi (92 foiz) bartaraf etilishiga erishilgan. Yong‘in qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi tomonidan 15 ming 327 ta ko‘p qavatli uylarning kvartiralari, 55 ming 298 ta hovli uylari va 9 ta dala hovli (dacha)lar tekshirib chiqilgan.
Ta’kidlanishicha aksariyat holatlarda yong‘in insonlarning xavfsizlik qoidalariga nisbatan beparvo bo‘lishlari, ularga rioya etmasliklari oqibatida kelib chiqmoqda.
Jasurbek ShUKUROV.