Don yetishtirish rejasini bajarmagan 722 ta xo‘jalik bilan ijara shartnomasi bekor qilinadi

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Paxtachi tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish ishlari qoniqarsiz deb topildi. Viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi g‘alladan bo‘shagan maydonlarda kartoshka ekilganligi to‘g‘risida yakuniy monitoring o‘tkazish topshirildi.

Shuningdek, viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmalari g‘o‘za maydonlarini sug‘orish, g‘o‘za qator oralariga o‘z vaqtida va sifatli ishlov berish uchun mavjud kultivatorlarni naryad hisobot tizimida to‘liq dala ishlariga jalb qilishga ko‘maklashsa “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi g‘o‘za maydonlarida chilpish ishlarini sifatli tugallash choralarini ko‘radi.

Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi 2020 yil don yetishtirish rejasini bajarmagan 722 fermer xo‘jalikning faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha tuman hokimlarining qarori qabul qilinmagan xo‘jaliklarni yer ijara shartnomasini bekor qilish va tanlov asosida hududdagi fermer xo‘jaliklariga ajratib berishda huquqiy yordam beradi.