DTM: Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish qanchalik qulaylik tug‘dirmoqda?
2020-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.
Ro‘yxatga olish Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda davlat xizmatlari markazlari, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Albatta, mazkur tizim bugungi karantin sharoitida odamlarning bir joyga to‘planishining oldini olish bilan birga abituriyentlarning qimmatli vaqtini tejashga ham xizmat qilmoqda.
Tizimdan foydalanish uchun sifatli internet xizmati zarur. Lekin sir emaski, internet xizmati ta’minlanmagan hududlar yo‘q emas.
Samarqand viloyatida bunday holatlarning oldini olish maqsadida xalq ta’limi tizimidagi muhim vazifa va muammolar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov joriy yil umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish ko‘rsatkichlariga qarab, barcha maktablar, ayniqsa, tuman markazlaridan olis manzillarda yashovchi abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tishlarida tuman, shahar XTB mudirlari va maktab direktorlarining o‘z nazoratiga olib, ko‘maklashishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Abituriyentlar va ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari uchun Davlat test markazining murojaatlar markazi, barcha OTMlarida “Maslahat markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Hurmatli abituriyentlar!
Qo‘shimcha ma’lumotlar va yangiliklar bilan Davlat test markazining quyidagi manzillari orqali tanishishingiz mumkin:
www.dtm.uz
https://t.me/rasmiydtm
https://t.me/dtm_samarqand