Dunyo aholisi qay tarzda o‘zgaradi?

Hozirgi kunda dunyoda 8 milliard odam bor. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisi o‘zgarib borishining muhim bosqichlari quyidagi yillarda bo‘lib o‘tgan:
• 1804 yilda – 1 milliard;
• 1927 yilda (13 yildan keyin) – 2 milliard;
• 1960 yilda (33 yildan so‘ng) – 3 milliard;
• 1974 yilda (14 yildan so‘ng) - 4 milliard;
• 1987 yilda – (13 yildan so‘ng) - 5 milliard;
• 1999 yilda – (12 yildan so‘ng) - 6 milliard;
• 2011 yilda - (12 yildan so‘ng) - 7 milliard.
2022 yilda esa 8 milliard belgiga yetib, 11 yil ichida yana 1 milliard nafarga ko‘payishga muvaffaq bo‘ldik.

Как меняется населения мира.

Ushbu davrda Hindiston so‘nggi yillardagi bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan Xitoy davlatini ortda qoldirib, dunyoning eng ko‘p aholisi bo‘lgan davlatga aylandi.
Statistikaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, keyingi 50 yil davomida Nigeriya va Pokiston davlatlarining aholisi 4 barobar o‘sganining guvohi bo‘lamiz.

20-asrning 80-90 yillaridan beri mamlakatda yengib bo‘lmaydigan aholi tabiiy qisqarishi mavjud Germaniya amalda o‘z o‘rnida qolib, faqat muhojirlar hisobiga o‘sdi.

1 milliarddan ortiq aholisi bo‘lgan yagona davlatlar esa hamon Hindiston va Xitoydir.
Aholining asosiy o‘sishi kishilarning umr ko‘rish davomiyligining oshishiga bog‘liq. BMT prognozlariga ko‘ra, 2035 yilga borib dunyo aholisining 13 foizini 65 yosh va undan katta yoshdagilar tashkil qiladi, bu 1,1 milliard kishi degani. Uzoq vaqt davomida keksa odamlarning ulushi deyarli o‘zgarishsiz qolib, 1980 va 2010 yillarda dunyoda 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 100 kishiga 65 va undan katta yoshdagi 16 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich 2035 yilga kelib 26 kishiga oshadi. O‘sish asosan eng boy davlatlarda ko‘proq kuzatiladi.

Как меняется населения мира.

Xitoy tez orada aholining tabiiy kamayishi holatiga duch kelishi kutilmoqda, shu sababli “1 oila – 1 farzand” tamoyiliga asoslangan qonun bekor qilindi.
Demografik taraqqiyotning keyingi markazi esa Afrikadir. Hozirda Afrika mamlakatlarida 1,2 milliard odam yashaydi. YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2050 yilga borib qit’a aholisi 2,5 milliardga yetadi. 2030 yilga borib Afrikada hozirgiga qaraganda 170 milliondan ko‘p bolalar yashaydi. Bu vaqtga kelib, 18 yoshgacha bo‘lgan afrikalik bolalar soni 750 millionga yetadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.