Dunyo mamlakatlaridagi g‘alati jinoyatlar

Biz oz bo‘lsa-da, chegaradan nimani olib o‘tkazish mumkin yoki mumkin emasligi haqida tushunchaga egamiz. Biroq ba’zi davlatlarda joriy etilgan taqiqlar ular to‘g‘risida xabardor bo‘lmagan sayohatchilarga bir qator muammolarni keltirib chiqarishga qodir.

Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi joylarda diktofon, saqich yoki polietilen paketi kabi oddiy narsalar uchun jinoyatchiga aylanib qolish mumkin ekan.

Brend nusxasi egasi - jinoyatchi

За жвачку за решетку? Самые странные преступления в мире

Albatta, san’at asarlari yoki pullarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi. Biroq agar Shveysariya davlati chegarasini kesib o‘tishda qo‘lingizda haqiqiy brendga o‘xshagan soatingiz bo‘lsa, u muammolaringiz sababchisi bo‘la oladi.
O‘zining banklari, soatlari va pichoqlari bilan mashhur Shveysariya milliy obro‘siga putur yetkazishni istamaydi. Shu sababli mamlakat chegarasini davlat brendiga o‘xshash arzon, soxta soatlar yoki pichoqlar bilan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan kishiga 10 ming dollargacha yirik jarimalar yoki ikki yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi tahdid qiladi.

Polietilen paketiga yo‘l yo‘q!

За жвачку за решетку? Самые странные преступления в мире

Sayyohlar bor joyda har doim chiqindi ham ko‘p bo‘ladi, ularning asosini esa plastik yoki polietilen paketlari tashkil qiladi. Sayyohlar orasida mashhur  bo‘lgan Keniyada chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rila boshlandi. Mamlakatga plastik yoki polietilen paketlarning har qanday importini taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Ushbu taqiqni buzish qamoq jazosi yoki 38 000 dollargacha jarimaga olib kelishi mumkin.

Saqich – jarima sababchisi

За жвачку за решетку? Самые странные преступления в мире

Singapurda saqich chaynash taqiqilanganligi to‘g‘risida yozgan edik. Bugungi kunga qadar bir qarashda bu zararsiz narsaning nima uchun norozilik sababchisi bo‘lganligini aytish qiyin, biroq saqich sayohatchiga bojxonada ham, mamlakat ichida ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarib, qo‘llaniladigan jarima 100 ming dollarga yetishi mumkin!
Chegarani kesib o‘tishning yagona yo‘li - bu saqichning tibbiy jihatdan zarurligini isbotlash yo‘lini topishdir. Bu ham oson ish emas. Siz haqiqatan ham o‘zingizga ushbu vositani shifokor tavsiya qilganligini tasdiqlovchi tibbiy hujjatni ko‘rsatishingiz lozim.

Elektronika ham shubha ostida

Koreya xalq demokratik respublikasiga sayohatga chiqmoqchi bo‘lgan kishi chamadonidagi barcha mayda-chuyda elektronik asboblarni chiqarib qo‘yishi kerak. U yerdagi qonunlarga rioya qilish katta sabr-toqatni talab qiladi. Gap shundaki, bu mamlakatga kirishdan oldin barcha elektronika, gadjet va telefonlar bojxonada deklaratsiya qilinadi. Shundan keyin, sizga gid ajratiladi.
Yo‘lboshchingizning vazifalari nafaqat sizni shahar bilan tanishtirish va mamlakatning asosiy diqqatga sazovor joylarini namoyish etish, balki sizning faoliyatingizni diqqat bilan kuzatishni ham o‘z ichiga oladi. Ruxsat etilmagan joyda suratga tushish yoki biror narsani diktofon yoki videoga yozib olmoqchi bo‘lgan sayyoh ortiqcha gap so‘zsiz deportatsiya qilinadi.
Qiziq, bu choralar mamlakatlarning rivojlanish va ekologik hushyorligidan darak beradimi? Balki bu mahalliy hokimiyat vakillarining ehtiyotkorligidir? Siz nima deb o‘ylaysiz?

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.