Dunyo tarixidagi eng noodatiy pullar
Aytishlaricha, hindular Manhyetten orolinigollandlarga bahosi 24 dollar bo‘lgan bir dasta shisha munchoq evaziga sotgan ekan. Amerika maktablaridagi tarix darslarida shu haqda aytib beriladi. Lekin qanday qilib gollandlarhindularni aldagani haqida gapirilmaydi.
Gap shundaki, o‘sha paytlarda hindular odam qo‘li kattaligidagi chig‘anoqlar -“vampum”larni pul sifatida ishlatgan. Ular rangli shisha marjonlar to‘plami juda qimmat deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Shu tarzda ular orolni ko‘chmanchilarga berishga rozi bo‘lishgan.
Choy briketlari
G‘ishtga o‘xshatib presslab tayyorlangan choy briketlari ham pul edi. Qimmati belgilab qo‘yilgan bunday pullar Xitoy, Hindiston va Tibetning bir qismida qadrlangan. Boshqalar bu briketlar pul ekanligini bilishi uchun ularga tamg‘a bosilgan. Aks holda, har qanday xitoylik choy bargini presslab, u orqali to‘lov qilishi mumkin edi-da.
Rai disklari
Mana bu pulni bir kishi ko‘tara olmaydi, uni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish uchun butun bir tashuvchilar brigadasi kerak. O‘rtasida teshiklar bo‘lgan tosh disklar Mikroneziyada to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qilgan. AQSh nazorati ostidagizamonaviy davlat MFSh - Mikroneziya Federativ Shtatlari deb ataladi.
Mikroneziyaliklar vulqon kulidan yasagan bunday tangalarning og‘irligi 500 kilogrammgacha yetgan.Shunga ko‘ra, doira qanchalik og‘ir bo‘lsa, unga shunchalik ko‘proq mol sotib olish mumkin edi. Pul har doim ham bir egasidan boshqasiga o‘tmagan. Diskning qayerdaligini aytish kifoya va u o‘sha joyda yillar davomida qolib ketishi mumkin edi.
Kissi pullari
Bir dasta temir chiviq G‘arbiy Afrika qabilalari orasida to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Bir chiviq kissi-tiyin deb atalgan. Misol uchun, har biri 20 ta chiviqdan iborat yuzta bog‘lamga bitta sigir sotilgan.
Tevau qush patlari
Solomon orollari aholisi qush patlaridan pul qilgan. Buning uchun ular patlarni uzun to‘plamlarga bog‘lab qo‘yib, to‘plamlar g‘altaklarga aylantirilgan. Xaridor va sotuvchi narxni kelishib olganda, xaridor yelkasidagi g‘altak patlarining bir qismini kesib, sotuvchiga bergan.
Tuz pul birligi
Tuz qadimgi Rim, Sahroi Kabir va butun Sharqiy Afrikada pulning asosiy shakli edi. Odatda, odamlar bloklangan tuzni uning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun yalab, keyin uni oldi-berdi uchun mayda bo‘laklarga bo‘lishardi.
Tuz yombilari Qadimgi Rusda pul sifatida tan olingan va Efiopiyada tuz evaziga kelin sotib olish mumkin edi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.