Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Bayden tarafdorlarini yo‘qotmoqda. Yaponiya bosh vaziri maoshini g‘aznaga qaytaradi

🔻 Bayden G‘azoda o‘t ochish tarafdori bo‘lgani uchun ko‘pchilik, xususan yoshlarning qo‘llashini yo‘qotmoqda. Bu Baydenning prezidentlikka qayta saylanishini qiyinlashtiradi.

🔻 Bir hafta ichida Finlyandiya Rossiya bilan qariyb bir yarim ming kilometr uzunlikdagi chegarasini deyarli butunlay yopdi.  Finlyandiyaning da’vo qilishicha, Rossiya hukumati qochqinlar oqimini ataylab chegara tomon burmoqda.

🔻 Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va uning hukumat a’zolari  maoshlarining oshirilgan qismini byudjetga qaytarishlarini ma’lum qilishdi. Ularning oylik maoshlari oshirilishi xalq noroziligiga sabab bo‘lgan.

🔻Dublin markazida pichoq bilan qurollangan erkak maktab yaqinida kamida uch nafar voyaga yetmagan bolani yaralagan. Besh yoshli qiz va bir ayol og‘ir jarohat olgan. Hujumdan so‘ng boshlangan norozilik namoyishlari tufayli asosiy ko‘chaga chiqish butunlay to‘sib qo‘yilgan, patrul mashinalari yoqib yuborilgan, do‘konlar talon-taroj qilingan.

🔻 Tramp: AQSh jiddiy muammolarga duch keldi va prezident Jo Baydenning siyosati tufayli jahannamga aylanti. Avvalroq AQShning sobiq prezident Bayden o‘z harakatlari bilan dunyoni uchinchi jahon urushi va yadroviy mojaroga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.

🔻 Isroil HAMAS bilan mojaro davomida taxminan 48 milliard dollar sarflaydi.

🔻 Yaponiya mudofaa vazirligi Yer orbitasida KXDR sun’iy yo‘ldoshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’yekt topilgani haqida ma’lum qildi.

🔻 Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yadro qurolining afzalliklari haqida gapirdi: Yadro qurolining mavjudligi mintaqada xavfsizlikni kafolatlaydi va xalqaro maydonda ovoz berish huquqini beradi - bular bugungi kun haqiqatidir. U Belarus hududida Rossiyaning taktik yadroviy qurollari joylashtirilayotgani sababli Belarusga nisbatan haqoratlarni absurd deb atadi.

🔻 Bishkek meri Oybek Junushaliyev tirbandlik muammosini hal etmasa o‘z lavozimidan olinadi. Yaqin kelajakda tirbandlikni oshiruvchi temir yo‘l poytaxtdan chetga chiqarilishi mumkin.

🔻 Qozog‘iston mamlakatni tark etgan Amerikaning McDonald’s  ovqatlanish nuqtalari nomini o‘zgartirishga qaror qildi. Uning o‘rniga endi «Men Arujanmin», «Men Yuliyamin», «Men Madiyarmin»lar paydo bo‘ladi.

🔻 Xitoyda jinoyatchi o‘g‘irlik vaqtida uxlab qolgan va politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Qaroqchi uyga bostirib kirganida, odamlar borligini payqagan va ularning uxlashini kutishga qaror qilgan. Ko‘p o‘tmay o‘zi xurrak ota boshlagan.