Dunyo voqealari qisqa satrlarda: G‘azo sektorida insonparvarlik yordamining blokada qilinishi ocharchilikka sabab bo‘lmoqda

🔻 7-8 noyabr kunlari Tokioda G7 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan umumiy hujjatda ilk bor Yaqin Sharq bo‘yicha aniq pozitsiya aks etdi, deb ta’kidladi Yaponiya tashqi ishlar vaziri. Germaniya tashqi ishlar vaziri G‘azo sektori kelajagi haqidagi fikrlarini taqdim etdi. Unda Falastinliklarni G‘azo sektoridan chiqarib bo‘lmasligi, anklav bosib olinmasligi, eng yaxshi xalqaro himoya ta’minlanishi, hududni qisqartirishga intilmaslik, falastinliklarni chetlab o‘tadigan yechim bo‘lmasligi, G‘azo sektori kelajakda Isroil uchun terrorchilik xavfini tug‘dirmasligi kerak, deyiladi.

🔻 Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif bilan Qozog‘istonga bordi.

🔻 AQSh Vakillar palatasining Nazorat va mas’uliyat qo‘mitasi prezident Jo Baydenning o‘g‘li va akasi guvohlik berish uchun chaqiruv qog‘ozi yubordi. Respublikachilar nazoratida bo‘lgan qo‘mita tergovi AQSh prezidenti nomidan dunyo bo‘ylab foydalangan qarindoshlarining biznes operatsiyalariga prezidentning aloqadorligini isbotlashdan iborat.

🔻 Isroil harbiylari G‘azo sektorida XAMASning 130 dan ortiq tunnelini yo‘q qildi.

🔻 G‘azo sektorida insonparvarlik yordamining blokadasi ocharchilikka olib keldi. Uyi, mol-mulkini tashlab qochgan odamlar asosan kuniga bir mahaldan ovqatlanish orqali omon qolishmoqda. Ammo lagerlarda kuniga bir marta ovqatlanish ham katta muammo.

🔻 Zelenskiy AQSh ma’muriyatidan birgalikda qurol ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Amerika harbiy texnologiyalarini so‘radi. "Moliyaviy yordam juda muhim, lekin birinchi navbatda harbiy yordam", dedi u.

🔻 Tojikiston va Eron viza rejimini bekor qilish bo‘yicha memorandum imzoladi. Hozirda Tojikiston va Eron o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan. Biroq ayni damda faqat rasmiy va diplomatik pasport egalari Tojikistondan Eronga vizasiz borishlari va u yerda bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda qolishlari mumkin.

🔻 "Barcha yahudiylarni o‘ldirsangiz ham, qizim abadiy ketdi". Falastinlik Bassam Aramin va isroillik Rami Elxanan o‘zlarini aka-uka deb atashdi va birgalikda urushga qarshi chiqishdi. Ularning farzandlari Yaqin Sharqdagi mojaroda halok bo‘lgan.

🔻 Xitoyda haydovchilar uxlab qolmasligi uchun yo‘llarga maxsus lazerlar o‘rnatildi. Tizim tunda avtomagistral uzra osmonni rangli chiziqlar bilan yoritadi.

🔻 Pikassoning shaxsiy kolleksiyasida bo‘lgan “Soatli ayol” (1932) kartinasi kim oshdi savdosida 139,4 million dollarga sotildi.

🔻 Misrdagi mehmonxonadan birida bir kechada bir necha sayyoh halok bo‘lgan. Ular qo‘shni xonada sepilgan kanaga qarshi kimyoviy moddalardan zaharlangan.