Dunyo voqealari qisqa satrlarda: HAMAS Isroilning bir haftaga sulh e’lon qilish taklifini rad etdi. BMT Tolibonni tan olish shartini aytdi

🔻 HAMAS Isroil rasmiylarining o‘nlab garovga olinganlarni ozod qilish evaziga bir hafta muddatga harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi taklifini rad etdi. Isroil G‘azo sektoridagi quruqlik va havo operatsiyalarini bir haftaga to‘xtatib, falastinliklarga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berishni taklif qilgan. HAMAS Isroil harbiylarini Falastindan chiqib ketishini talab qilishmoqda.

🔻 JSST yangi COVID virusining tez tarqalishini qayd etdi. Koronavirusning Omikron shtammi subvarianti Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tezlik bilan o‘sib borayotgan tarqalishi tufayli "tashvish varianti" sifatida tasniflangan.

🔻 Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish masalalari “Tolibon” harakati va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlardagi boshi berk ko‘chadan chiqish uchun asosiy omil bo‘lib qolmoqda, dedi BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roza Otunbayeva. “Afg‘oniston tomonidan ratifikatsiya qilingan BMT shartnomalarida belgilangan xalqaro me’yor va standartlarga rioya qilish BMTga a’zo bo‘lish uchun ajralmas shart bo‘lib qoladi”, deyiladi bayonotda.

🔻 Rossiyada 125 nafar o‘quvchi ketayotgan poyezdda bir necha bola tana harorati ko‘tarilgani sababli shifokorlardan yordam so‘ragan. 12 yoshli qiz poyezdda vafot etgan. Yana 60 ga yaqin bolada o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari aniqlangan.

🔻 Amerikaning yana 16 shtati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzodni tanlashda ishtirok etmaslikni talab qilib sudga murojaat qilgan. Bu da’volarda aytilishicha, Tramp 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirish paytidagi qo‘zg‘olonda ishtirok etgan.

🔻 Shvetsiya tez orada NATOga qo‘shiladi, bu alyansning "potensialini kuchaytirishga" xizmat qiladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Davlat departamentida yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qiladi.

🔻 Kongo Demokratik Respublikasi prezidentini saylamoqda. Saylovlar logistika va xavfsizlik masalalari tufayli keskin o‘tmoqda. Prezident Chisekelm ikkinchi mandat uchun kurashmoqda.

🔻 Qirg‘iziston yengil narkotik vositalarini dekriminallashtirishni taklif qildi. Bu haqda taklif deputat Dastan Bekeshev tomonidan kiritilgan:  “Ko‘pgina mamlakatlarda ular dekriminallashtirish yoki qonuniylashtirish yo‘li bilan giyohvand moddalar jinoyatiga qarshi kurashishga qaror qilishdi". Jamoatchilik hali tayyor emas, biroq, agar masala referendumga qo‘yilsa, xalq uni yoqlab ovoz beradi, deb fikr bildirgan IIV rahbari o‘rinbosari.