Dunyoda eng qimmat narsa nima?

Agar siz yer yuzidagi eng boy odam bo‘lganingizda millionlaringizni nimaga sarflagan bo‘lardingiz? Har holda “Timsoh terisidan yasalgan soyabon yoki olmosdan qilingan mebel jihozlari”, deb javob bermassiz. Ko‘pincha yetarli miqdorda pul mablag‘lari bo‘lsa, odamlar boshqalarni hayratga qoldiradigan xaridlar qilgani to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.
Quyida dunyodagi eng qimmat narsalar ro‘yxatini tuzdik.

Za’faron (shafran) – ro‘yxatimizdagi oltindan arzon turadigan bu ziravorning 1 grammi – 11 dollar deb qayd qilingan. U asosan oziq-ovqatga ta’m, hid va rang beruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Oltin – shu qadar egiluvchanki, uni hatto tikuv ipiga aylantirib, bir unsiya (31,1 gramm) oltinni 50 mil (80 kilometr)dan ortiqroq masofaga cho‘zdirish mumkin. Bu “olijanob” metallning 1 grammining bahosi - 56 dollar atrofida.



Platina (oqoltin) - sanoat, zargarlik buyumlari va atrof-muhit uchun juda katta ahamiyatga ega moddaning 1 grammi - 60 dollar deb belgilangan.



Karkidon shoxi kukuniga talab Vetnamdan kelib chiqqan va 1 grammi 110 dollarga baholanadi.



Plutoniy – atom energiyasini yaratishda ishtirok etadigan radioaktiv elementning 1 grammi – 4 ming dollar qilib belgilangan.



Olmos - tarkibidagi eng kuchli kovalent bog‘lanishlar tufayli eng yuqori qattiqlik va issiqlik o‘tkazuvchanlik darajasiga ega va sanoatning ko‘p muhim tarmoqlarida qo‘llaniladigan bu materialning 1 grammi - 55 ming dollarga teng.



Kaliforniy-252 – qo‘llanish doirasi neytron rentgenografiyasidan saraton kasallagini davolashgacha juda keng ushbu moddaning narxi 27 million dollar.

Antimateriya – oddiy antizarralar bilan bir xil massa va xususiyatga ega modda. Nazariy jihatdan koinot bo‘ylab uzoq masofalarga sayohat qilishda qo‘llaniladigan bu moddaning bahosi 6,25 trillion dollarga teng. Antimateriyaning bunday yuqori bahoga ega bo‘lishining sababi uning yaratilishi qiyinligi va bilinar-bilinmas bebaholigi. Hozirgi vaqtda laboratoriya sharoitida antimateriyaning atigi bir necha atomlarigina bir necha daqiqa yashashi mumkin.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.